Andijon – Xiva – Andijon yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

    “Andijon — Xiva — Andijon” yo‘lovchi poyezdi qatnovi 2022 yilning 28-sentyabridan yo‘lga qo‘yiladi. 

    Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati ma‘lum qildi.

    Farg‘ona vodiysi va mamlakatimizning boshqa viloyatlarini temir yo‘l transporti bilan uzviy bog‘lash, shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha 651/652-sonli “Andijon — Xiva — Andijon” yo‘lovchi poyezdi qatnovi 2022 yilning 28-sentyabridan yo‘lga qo‘yiladi.

    651/652-sonli “Andijon – Xiva – Andijon” yo‘lovchi poyezdi 2022 yilning 28-sentyabr haftaning chorshanba kunidan boshlab Andijondan, 2022-yilning 29-sentyabr haftaning payshanba kunidan boshlab Xivadan jo‘naydi.

    Shuningdek, 2022-yilning 29-sentyabridan haftaning har payshanba kuni Andijondan harakatlanayotgan “Andijon — Buxoro” yo‘lovchi poyezdining harakat yo‘nalishi Urgаnch bekatigacha uzaytiriladi.