Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati ma‘lum qildi.

Farg‘ona vodiysi va mamlakatimizning boshqa viloyatlarini temir yo‘l transporti bilan uzviy bog‘lash,  shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha  651/652-sonli “Andijon — Xiva — Andijon” yo‘lovchi poyezdi qatnovi 2022 yilning 28-sentyabridan yo‘lga qo‘yiladi. 

651/652-sonli “Andijon – Xiva – Andijon” yo‘lovchi poyezdi 2022 yilning 28-sentyabr haftaning chorshanba kunidan boshlab Andijondan,  2022-yilning 29-sentyabr haftaning payshanba kunidan boshlab Xivadan jo‘naydi. 

Shuningdek,  2022-yilning 29-sentyabridan haftaning har payshanba kuni Andijondan harakatlanayotgan “Andijon — Buxoro” yo‘lovchi poyezdining harakat yo‘nalishi Urgаnch bekatigacha uzaytiriladi.