Ilk parvoz Flyone Asia aviakompaniyasining Andijon — Jidda — Andijon yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirildi.
Bu haqda “Oʻzbekiston aeroportlari” kompaniyasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, endi bu yoʻnalish boʻyicha haftasiga ikki marta — seshanba va payshanba kunlari muntazam parvozlar amalga oshiriladi.
Q7 2261 raqamli reysning birinchi parvozi bayramona kayfiyatda oʻtdi, samolyot bortida 151 nafar yoʻlovchi bor edi.
Eslatib oʻtamiz, Andijondan Toshkentga Silk Avia (dushanba va payshanba kunlari) hamda Oʻzbekiston Havo Yoʻllari (chorshanba va shanba kunlari) aviakompaniyalari ham muntazam parvozlarni amalga oshirmoqda.








