Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash viloyatda aholiga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.
Yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yoʻlovchilarga qulay va xavfsiz xizmat koʻrsatishni tashkil etish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, “Alpomish Merosi” MCHJ tomonidan Xitoyning ”ZHONGTONG BUS Company LIMITED” korxonasi bilan 70 dona zamonaviy avtobuslarni xarid qilish boʻyicha 4,375 mln dollarlik shartnoma imzolangan edi.
Shartnomaga muvofiq bugun ushbu avtobuslardan 20 donasi Andijon viloyatiga olib kelindi. Avgust oyi oxiriga qadar yana 50 dona avtobusni olib kelish rejalashtirilgan.