Egamberdiyev Abdujabbor Husanovich 1974-yilda Baliqchi tumanida tugʻilgan. 1998-yilda Andijon qishloq xoʻjaligi institutini kunduzgi boʻlimini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1998-yili Andijon viloyati Ulugʻnor tumani Davlat soliq inspeksiyasi inspektori vazifasidan boshlagan.

2007-2016-yillarda Boʻz, Ulugʻnor, Qoʻrgʻontepa tumanlari va Andijon shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar Egamberdiyev Abdujabbor Husanovich, Andijon viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlgan.

Andijon viloyati hokimligi Egamberdiyev Abdujabbor Husanovichni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilab qoladi.