Tadbirda Toshkent davlat transport universiteti talabasi I.T. fuqaro A.ning qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh milliy universitetidagi oʻqishini 4 500 AQSH dollari evaziga Toshkent tibbiyot akademiyasiga koʻchirib berishni vaʼda qilib, shundan 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Mirzaobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Sh.B. fuqaro A.ning oʻqishini tanishlari orqali “Oʻzbek-Qirgʻiz” universitetidan Toshkent tibbiyot akademiyasiga koʻchirib berish evaziga firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan 2 000 AQSH dollari hisobidan qaytargan 500 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.