Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan DXXning Oltinkoʻl tumani boʻlimi bilan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.Yu. boshqa bir fuqaro O.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Andijon shahri, Boburshoh koʻchasidagi boʻsh turgan 3 sotix yer maydoniga uy-joy qurish uchun ruxsatnoma olib berish evaziga 12 000 AQSH dollari soʻrab, shundan 1 700 AQSH dollarini qoʻlga kiritib, yana 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Yangiariq tumani boʻlimi tomonidan DXXning Xiva shahri boʻlimi bilan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.K. Yangiariq tumanidagi “Saburzom” mahallasida fuqaro R.ning nomiga goʻyoki tugallanmagan turar joy binosi sifatida rasmiylashtirilgan 13 sotix ekin yer maydonini fuqaro J.ga sotishga kelishib, tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, evaziga 10 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.