Ushbu yigʻilishda 400 ming aholiga moʻljallangan “Yangi Andijon” hududini Andijon shahri bilan bogʻlovchi tezyurar jamoat transporti qatnovini tashkil qilish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish boʻyicha Transport vazirligiga topshiriq berilgan edi.

Berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan tezyurar jamoat transporti tarmogʻi hamda Andijon shahrining avtobuslar tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadida Transport vazirligi tegishli tizim tashkilotlari mutaxassislari tomonidan, rejalashtirilayotgan yoʻnalishlarda transport va yoʻlovchilarning oqimlarini oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Jarayonlarga Transport vazirligi, Qurilish vazirligi, Andijon viloyati hokimligi tegishli boshqarmalari, Transport univrsiteti mutaxassislari hamda Turkiyalik ekspertlar jalb etilgan.

Ekspertlar tomonidan Andijon shahrini “Yangi Andijon” hududi bilan bogʻlovchi quyidagi tezyurar transport turlarini joriy etish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan oʻrganish ishlar olib borilmoqda:

- Hududlarni bogʻlovchi yer usti metrosini qurish;

- Tezyurar avtobuslar harakati uchun BRT (Bus rapid transit) tizimini joriy etish;

- Tramvay yoʻnalishini tashkil etish.