Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasiga boshliq tayinlandi

    Dadamirzayev Sanjarbek Alijanovich Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

    Tayinlov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining tegishli buyrugʻiga koʻra amalga oshirildi.

    Sanjarbek Dadamirzayev 1986-yil 19-aprel kuni Andijon shahrida tavallud topgan. 2008-yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan.

    U tayinlovga qadar Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasida turli lavozimlarda ishlab kelgan.