Targ‘ibot tadbirlari Andijon viloyatining shahar, tumanlarida joylashgan qishloq va mahallari aholisi orasida keng olib borildi.

Sayyor qabulda oilaviy mehmon uylarini tashkil etish istagida bo‘lgan 20 nafar xonadon sohiblari shu joyning o‘zida tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularga oilaviy mehmon uylari va hostellar yagona reestridan ko‘chirma hamda maxsus guvohnomalar topshirildi. Mas’ullar tomonidan tashabbuskorlarga turizmni rivojlantirish, turizm xizmat turlarini ko‘paytirish va yaxshilash borasida tegishli tavsiyalar berildi.

Avvalroq, Toshkent va Jizzax viloyatlarida ham 20 dan ortiq oilaviy mehmon uyi o‘z faoliyatini boshlagan edi, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.