Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.M. Boʻston tumani hokimining 13.04.2019-yildagi qaroriga asosan “B.N.” MCHJga gidroponika usulida issiqxona qurilishi uchun ajratilgan 2,5 gektar yer maydonini viloyat hokimligi va viloyat arxitektura boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali noturar yer toifasidan 2 sotixli uy-joy qurish uchun turar joy toifasiga oʻzgartirib berishni vaʼda qilgan.

Buning evaziga 44 000 AQSH dollari talab qilib, kelishilgan pul hisobidan 10 000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.