IIB YHXB organlari tomonidan Majburiy ijro byurosi Andijon tumanlararo boʻlimiga oʻtgan 8 oy davomida kelib tushgan 128 ta jarima solish toʻgʻrisidagi qarorlarga koʻra, M.I.dan jami 57 235 000 soʻm undirilishi belgilangan.
Qarzdorga berilgan ogohlantirishlar natijasida barcha jarimalar toʻliq toʻlangan. Shulardan, 66 ta 32 104 500 soʻmlik jarimalar avgust oyida undirilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, M.I. egaligidagi mashinalardan boshqa shaxslar ijara huquqi asosida foydalanib keladi va avtomashina egasi haydovchilar tomonidan yoʻl qoʻyilgan har bir yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun qoʻllanilgan jarimalarni oʻzi toʻlashiga toʻgʻri keladi. Sababi, jarimalar toʻliq toʻlanmaguniga qadar ijro harakatlari davomida jarima maydoniga olib kirib qoʻyilgan avtomashina chiqarib yuborilmaydi.