“Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi hamda Adliya vazirligi 2026 yil oktyabriga qadar pasport, ID-karta yoki xorijga chiqish pasportini yo‘qotib qo‘yganda yoki yaroqsiz holga keltirganda ma’muriy javobgarlikka tortmasdan, qo‘shimcha miqdorda davlat boji to‘lash orqali yangi hujjatni rasmiylashtirib berish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim.
Ya’ni bu haqda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi ishlab chiqiladi.
ID-karta, xorijga chiqish biometrik pasportini yo‘qotganlik, ularni yaroqsiz holga keltirganlik uchun javobgarlik 2022-yilning mart oyida belgilangandi. Bunday harakat BHMning ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘lardi.
Prezidentning yangi qarori bilan 2026-yil 1-noyabrdan boshlab fuqarolarga ularning roziligisiz reklama SMS-xabarlari yuborish taqiqlanadi. Taqiq yoki xatlov qo‘yilgan turar joyga garovga oluvchining roziligisiz yashash va doimiy ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat berildi.