Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Boʻston tumanlararo sudining 18.03.2023-yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor X.J.dan undiruvchi M.Q. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan. Biroq, qarzdor aliment toʻlovlarini amalga oshirmasdan kelgani sabab 25 mln. soʻm qarzdorlik yuzaga kelgan.
Qarzdorlikni undirish boʻyicha olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorning otasi — farzandi va nabiralari oʻrtasidagi munosabatni hisobga olgan holda 4 sotix yer uchastkasini aliment oʻrnida berishga qaror qildi.
Hovli kaliti undiruvchiga topshirildi va bu bilan aliment qarzi qoplandi, ijro ishi yakunlandi.








