Ushbu majmua bugun oʻzgacha qiyofa kashf etgan. Maydonning atrofi, xonalari, maydonga chiqish yoʻlaklari chiroyli holatga keltirilgan boʻlib, stadion atrofida kichik koʻngilochar hudud barpo etilganki, bu mazkur oʻyingohda mahalliy aholining maroqli hordiq chiqarishi uchun xizmat qiladi.
Shuningdek, doʻkonlarda klub atributikasini sotish yoʻlga qoʻyilgan. Bir soʻz bilan aytganda “Bobur Arena” jahon standartlariga toʻliq javob beradi. Qolaversa, bu orqali koʻplab ish oʻrinlari ham yaratildi.
Marosimda taʼkidlanishicha, avval bu stadion yiliga 1 oy yaʼni deyarli 20-25 kun faoliyat yuritgan. Shu vaqtda 10 ta musobaqa oʻtkazilar xolos. Boshqa vaqt deyarli boʻm-boʻsh turgan. DXSH asosida tadbirkorga berilishi natijasida bu yerda koʻplab doʻkonlar tashkil etilyapti. “Bobur Arena” deb nomlangan bu stadion doʻkonlarida sport kiyimlari, sport buyumlari va ovqatlanish joylari tashkil etiladi. Avvallari 365 kun davomida stadion 20-25 kun faoliyat yuritgan boʻlsa, endi boshqa madaniy, ommaviy, koʻngilochar tadbirlar oʻtkazish evaziga bu koʻrsatgich 100-120 barobarga oshiriladi. Yana bir muhim yoʻnalish, endi respublikadagi barcha stadionlar arenaga oʻtqizilishi rejalashtirilgan.
Ochilish marosimi davomida konsert dasturlari va sanʼatkorlar tomonidan kuy va qoʻshiqlar yigʻilganlarga hush kayfiyat ulashdi.
Shundan soʻng, Oʻzbekiston Superligasining 2-turidan oʻrin olgan bahs yaʼni mezbonlar “Andijon” jamoasi yangi arenada dastlabki uchrashuvini “Surxon” jamoasiga qarshi oʻtkazdi va 1:0 hisobi bilan gʻalabaga erishdi, deb xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.