Klaster ma'muriyati tomonidan 25 dona zamonaviy seyalkali traktor chigit ekish jarayoniga jalb etildi. Dastlab klasterning YUsufjon SHodmonov mavzesida joylashgan 27-bo'lim dala shiyponida ko'rgazmali seminar bo'lib o'tdi. Unda tizim xodimlari va mutaxassislar, mineral o'g'itlar hamda yonilg'i va yonilg'i-moylash materiallari omborlari mudirlari, Bo'ston tuman fermer xo'jaliklari rahbarlari hamda sohaga aloqador barchaga chigit ekish ishlarini to'g'ri tashkil etish, texnikalardan unumli foydalanish mavsumni uyushqoqlik bilan olib borishda muhim omil ekani borasida fikr yuritildi. SHundan so'ng 27-bo'lim dala maydonlarida chigit ekish ishlariga kirishildi.

Bugungi kunda “Sayyora favvorasi” xususiy korxonasi paxta to'qimachilik ishlab chiqarish klasteri tasarrufidagi umumiy ekin maydoni 1 ming 700 gektarni tashkil etadi. Joriy yilda shu ekin maydonining qariyb ming gektarida g'o'za parvarishlanadi. SHundan 600 gektarda plyonka ostiga chigit ekilib, qolgan 400 gektarda ochiq maydonda chigit qadash ko'zda tutilgan.

Ilhomjon TOJIBOEV,

“Sayyora favvorasi” xususiy korxonasi

paxta to'qimachilik ishlab chiqarish klasteri

matbuot xizmati xodimi