Andijonda daraxt kesganlarga jinoyat ishi ochildi

    Asaka tumani, Yangiobod MFY hududida koʻp yillik 6 (olti) tup “chinor” daraxtlari kesilganligi holati aniqlandi.

    Bu haqda Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, bu orqali oʻsimlik dunyosiga 317 050 000 soʻm, (uch yuz oʻn yetti million ellik ming) miqdorida zarar yetkazilgan.

    Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.