Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tumani boʻlimi va “Oʻzenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “A.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar oʻzaro til biriktirib, gʻisht mahsulotlari ishlab chiqarishda “Beshpaxlavon” MFYdagi nasos stansiyasi hududida suv nasosini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 411,4 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning Xonobod shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “V.k.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar MCHJning Andijon tumani, “Otchopar” MFY hududidagi suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 200,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.