Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar boʻlimi va “Oʻzenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.M. “Z.h.” MCHJga qarashli “Jumabozor” MFY hududida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, jami 286,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Hozirda, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.