Joriy yilning 23-dekabr kuni Andijon viloyat hokimligi majlislar zalida respublika ishchi guruhi aʼzolari: Oliy Majlis Senati, Adliya vazirligi, Bosh Prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi vakillari ishtirokida yuqoridagi Qaror loyihasiga va uning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.

Seminarda ishchi guruhi aʼzolari oʻzlarining maʼruzulari bilan qatnashdilar.

Xususan, Adliya vazirligi vakili A.Madaminov tomonidan "Fuqarolar huquq va erkinliklarining taʼminlanishi va Hokimiyat institutlarining shaffofligiga oid mezonlar bilan ishlash" mavzusida maʼruza oʻqib eshittirildi.


Shuningdek, tadbirda qaror loyihasining asosiy mazmun-mohiyatiga yuzasidan fikrlar bildirilib, unda asosan huquqiy sohadagi reytinglarda Oʻzbekistonning oʻrnini yaxshilash hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquq ustuvorligini taʼminlashdagi masʼuliyatini oshirish mexanizmini joriy etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar nazarda tutilganligi aytib oʻtildi.

Tadbir yakunida, qaror loyihasi yuzasidan savol-javoblar oʻtkazilib, loyihaga takliflar shakllantirildi.


Andijon viloyat adliya boshqarmasi