Ma’lum bo‘lishicha, 2023-yil 9-iyul kuni Xo‘jaobod tumanining «Mustaqillikning 30 yilligi» mahallasida xolasining uyiga mehmonga kelgan Paxtaobod tumani Qorashox MFYda yashovchi 17.10.2018 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan B. Ya.ni itlar talashi sababli bola bir necha joyidan tan jarohat olgan.

«Viloyat markazidagi shifoxonada davolanayotgan bolaning umumiy ahvoli nisbatan qoniqarli, hushida, o‘zi mustaqil ovqatlanmoqda, harakatlanmoqda. Bolada o‘ng yuzi, ikkala quloq suprasi, chap o‘mrov sohasi, ko‘krak qafasi orqa yuzasi, ikkala yelka, dumg‘aza sohasida it tishlagan jarohatlari bor, davolanish jarayonlari viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i va tibbiy markaz direktori nazoratiga olingan, bolada quturish alomatlari yo‘q», deyiladi viloyat SSB xabarida.

Ayni vaqtda tegishli mutasaddi tashkilotlar holatni nazoratga olgani, Xo‘jaobod tumanidagi hududda daydi itlarni tozalash ishlari olib borilishi ma’lum qilingan.