Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Qoraqoʻrgʻon” MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan D.A. fuqaro A.A.ga inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi 497 dona “Tropikamid” nomli dori vositasini 40 mln soʻmga sotayotgan vaqtida ushlanib, tadbir jarayonida jami 969 dona ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.