Aytib oʻtish kerak, viloyat boshqarmasining Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi joriy yilning oʻtgan davri mobaynida sud va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini soʻzsiz taʼminlash, energiya resurslari sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish hamda isteʼmolchilarning toʻlov intizomini mustahkamlashga oid 2730 ta tadbirlar oʻtkazdi. Albatta, ushbu tadbirlarni ommaviy axborot vositalari orqali yoritish hamda aholi eʼtiboriga aniq va xalqchil tilda yetkazishda soha xodimlarining xizmatlari katta boʻldi.

Shu sabab, Byuroning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan tizim faoliyatini yoritishda samarali hamkorlik qilib kelayotgan faol ommaviy axborot vositalari vakillariga tashakkurnoma bildirilib, esdalik sovgʻalari taqdim etildi.