Chunki, Andijon viloyatidagi DHSH asosida barpo boʻlgan 146 ta MTTda 18 965 nafar, 18 ta xususiy MTTda 2 177 nafar va 1050 ta oilaviy MTTda 26 000 nafar bolalar tarbiyalanmoqda. Jami 1214ta nodavlat MTTda 47 142 nafar bolajonlar yangi loyihalar asosida taʼlim va tarbiya jarayonlari bilan qamrab olindi.
Vazir, shuningdek, Andijon tumanida DHSH asosida barpo boʻlgan “Erudit” nomli MTTga tashrif buyurdi. Quvonarlisi, mazkur MTT hozirgi kunda Andijon tumanidagi 150dan oshiq tarbiyalanuvchini qamrab olgan.
Tadbirkorlar bilan vazir uchrashuv chogʻida Davlat Rahbari tomonidan maktabgacha taʼlim sohasida ilgari surgan tashabbuslari va yaratib berayotgan imkoniyatlari uchun oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi.