Aniqlanishicha, Baliqchi tumanida yashovchi 1985-yilda tugʻilgan ayol va uning 2006-yilda tugʻilgan qizi umumiy bahosi 819 million soʻmni tashkil etuvchi, 7 dona nostandart shakldagi, jami 473 gramm oltin quymalarni kiyimlari ostiga yashirgan holda Xoʻjaobod tumanidagi “Doʻstlik” chegara bojxona posti orqali Qirgʻiz Respublikasiga olib oʻtmoqchi boʻlgan vaqtda toʻxtatib qolingan.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182-moddasi (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz, Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga murojaat qiling. Murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.