Qayd etilishicha, Asaka shahri, Ulugʻbek mahallasida istiqomat qiluvchi S.Yu. ikki nafar farzandi uchun aliment toʻlab kelayotgan edi.
Amaldagi tartibga koʻra, sudning ijro hujjatiga binoan qarzdorning mamlakat hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.
Oldindan, eng kami 5-yil muddat uchun aliment toʻlash mumkinligi Byuro xodimlari tomonidan tushuntirilgach, S.Yu. farzandlari uchun 2030-yilga qadar 145,6 mln. soʻm miqdoridagi aliment pullari toʻlab berdi.