Ijtimoiy tarmoqlarda “Tracker“ rusumli, 60A101GA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan tomonga chiqib harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan, Andijon viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan oʻrganilganda, ushbu avtomobil 1985-yilda tugʻilgan А.А.га tegishli ekanligi, videoda aks etgan qoidabuzarlikni esa uning haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan jiyani, 2004-yilda tugʻilgan А.О. tomonidan 2023-yil 24-dekabr kuni sodir etilganligi maʼlum boʻldi
Holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 128⁵-moddasi ikkinchi qismi va 135-moddasi ikkinchi qismi tartibida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qoʻyildi.