Viloyatda qoramolchilik yo'nalishida joriy yilning o'tgan davrida 68 ta loyihani amalga oshirish hisobiga qoramollar sonini 3 ming 800 taga oshirish belgilangan edi. Amalda esa 69 ta loyiha ishga tushirilib, qoramollar soni 4 ming 522 boshga yetkazildi. Natijada belgilangan reja 119 foizga bajarildi.

Loyihalarga banklar tomonidan 62 ming 581 million so'm kredit mablag'i yo'naltirildi. Jarayonda 480 nafar fuqaro ish bilan ta'minlandi, deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmati xabarida.