Andijonda soliqdan yarim mlrd qarzi boʻlgan “zapravka“ qarzini toʻladi

    Moliya 3 Aprel 2025 739

    Qarzdor Majburi ijro byurosi tomonidan tegishli tartibda ogohlantirilgan va uning koʻchmas mulklari hamda bank hisob raqamlariga taqiq qoʻyilgan.

    Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosi Boʻston tuman boʻlimi ish yurituviga ham “Sifatli metan gaz“ MCHJdan Andijon viloyat soliq boshqarmasi foydasiga 553,3 mln. soʻm soliq qarzini undirish boʻyicha hujjat kelib tushgan.

    Soliq toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlab borish zarurligini anglagan jamiyat vakillari berilgan ixtiyoriy muddat ichida 553,3 mln soʻm, yarim milliarddan ziyod soliq qarzdorligini bartaraf etdi.