Bosh prokuratura matbuot kotibining xabar qilishicha, holat 2023-yilning 5-may kuni soat 18:00larda Marhamat tumanida sodir boʻlgan.

Gʻ.Gʻulom MFY, Yuksalish koʻchasida yashagan 2003-yilda tugʻilga Nishonboyev Aliyor Alijon oʻgʻli Marhamat tumani, Rohat MFY hududidan oqib oʻtuvchi Janubiy Fargʻona kanaliga tushib ketib, oqib ketishi oqibatda suvga choʻkib vafot etgan.

Maʼlum boʻlishicha, Nishonboyev Aliyor Alijon oʻgʻli Marhamat tumani Oʻzbekiston mahallasida yashovchi oʻziga avvaldan tanish boʻlgan G.Xoʻjamberdiyevani suvga tushib ketgani sababli uni qutqarish maqsadida suvga tushgan. Atrofdagilar tomonidan G.Xoʻjamberdiyeva qutqarib qolingan.

A.Nishonboyevning jasadi 2023-yil 8-may soat 11:30larda Janubiy Fargʻona kanalining Marhamat tumani, Polvontosh MFY hududidan oqib oʻtuvchi qismidan topilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.