Buning uchun kuzda asosiy ekinlardan boʻshagan maydonlarni sifatli haydab, sovuqqa chidamli ekinlarni ekish muhim. Ekin maydonlari va aholi tomorqalaridan oqilona foydalanish, eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish hajmlarini koʻpaytirish, kambagʻallikni qisqartirish va aholining moddiy manfaatdorligini oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Andijonda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekish, ularni parvarishlash boʻyicha Asaka tumanida Gʻalaba hududidagi “Muhammadsodiq kelajagi buyuk” fermer xoʻjaligida viloyatning barcha tumanlardan jami 224 ta qishloq xoʻjaligi korxonalar va tashkilotlar, fermer xoʻjaliklari ishtirokida koʻrgazmali oʻquv seminarida ekin maydonlaridan samarali va unumli foydalanish har bir ekinning xususiyatlarini bilish, ekish muddatlarini aniqlash, agrotexnik tadbirlarni vaqtida oʻtkazishni taʼminlash kabi masalalarga eʼtibor qaratildi. 

Shundan soʻng toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarni ekish va parvarishlash boʻyicha Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tayyorlangan 100 tadan ortiq tavsiyanomalar va bukletlar fermer xoʻjaliklariga tarqatildi.