Unda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga keng imkoniyatlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirdi.

Ushbu ustuvor vazifa kelgusi «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da ham izchil davom etadi. Bu boradagi harakatlarning barchasi ertangi kunimiz egalari, kelajagimiz poydevori, umidi hamda ishonchi bo‘lgan yoshlar uchun ekanligiga e'tiborni qaratdi.

«Yoshlar uylari» 20 yil muddatga imtiyozli ipoteka krediti asosida berildi. Yangi uylar ikki va uch xonali bo'lib, bu yerda yosh oilalarning to‘kin, farovon hayot kechirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Farzandlari uchun zamonaviy o‘yin maydonchalari ham qurilgan. Tabiiy gaz, issiq va sovuq suv, telefon aloqasi hamda elektr energiyasi bilan to‘liq va uzluksiz ta'minlangan.

Viloyat rahbari yosh oilalarga uylarning kalitlarini davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar va ularning ota-onalari, keksa otaxon va onaxonlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi faollari ishtirokida tantanali topshirdi. Ishtirokchilar xonadonlarda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.