Andijonda yana bir mashina zavodi quriladi

    Sanoat 25 Dekabr 2023 1206

    Andijonda yangi mashina zavodi quriladi. Bu haqda viloyat hokimining rasmiy telegram kanalida maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, Prezident topshiriqlariga asosan Andijonning Asaka tumanida yangi mashina zavodini qurish va ishga tushirish boʻyicha viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligida Xitoy vakillari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

    Kecha, 24-dekabr kuni dastlabki muzokaralar olib borilgan va hamkorlar bilan bir qancha masalalar muhokama etilgan.