Bu haqda shahar FV bo‘limiga soat 04:04 da xabar kelib tushgan.

4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 04:09 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 04:14 da qurshab olingan va soat 04:40 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida uyning 70 kv.m maydonida shift, tom qismi va uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan.

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida uyning 180 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

"Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda", deyiladi xabarda.