Viloyatda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yoʻlovchilarga qulay va xavfsiz xizmat koʻrsatishni tashkil etish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, “Alpomish merosi” MCHJ tomonidan 10 ta “Asiastar” va 10 ta “Isuzu” rusumli avtobuslar olib kelindi. Korxona tomonidan navbatdagi bosqichda yana 120 ta avtobuslar olib kelish rejalashtirilgan.
KEcha korxona tomonidan olib kelingan yangi avtobuslar Andijon shahrining 1 – sonli “Viloyat IIB YHXB – Markaziy shahar shifoxonasi” yoʻnalishida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshladi, deya xabar beradi Transport vazirligi Axborot xizmati.