Mamlakatimiz hududida xorijiy va mahalliy sayyohlarga qulayliklar yaratish maqsadida mehmonxonalar sonini va ularda xizmat ko'rsatish sifatini oshirish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Andijon shahriga tashrif buyuruvchi sayyohlarga sifatli xizmat ko'rsatish maqsadida barcha qulayliklarga ega zamonaviy ““Premier hotel And” mehmonxonasi qurib, foydalanishga topshirildi. Mazkur loyihaning investitsiya qiymati 15 milliard so'mni tashkil etib, bino 6 qavatdan iborat.
Mehmonxona 45 ta standart tarzidagi xonalar, yuqori qulaylikdagi 9 ta lyuks, 9 ta delyuks, 2 ta apartament va 4 ta oilaviy xonalardan tashkil topgan. Shuningdek, 150 nafar ishtirokchiga mo'ljallangan majlislar zali, tadbir va marosimlar uchun maxsus maydon ham mavjud.
To'rt yulduz toifasiga kiritilishi kutilayotgan mazkur mehmonxona kelgusida hududda turizmning barqaror rivojiga munosib hissa qo'shadi.