баннер
29 Mar 2025
11:19

    Andijondagi AYoQSHlar isteʼmolchilardan 128 mln soʻm miqdorda asossiz daromad olgan — Raqobat qoʻmitasi

    Raqobat qoʻmitasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtgan yil davomida Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari tomonidan isteʼmolchilarga yetkazib berilayotgan benzin mahsulotlari sifati yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazildi.

    Olib borilgan oʻrganishlar natijasida 18 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlar:

    — “FAYKON” MCHJ
    — “MARKAZIY GAZ OIL” MCHJ
    — “AZIZBEK BARCHINOY” MCHJ
    — “SANJAR” MCHJ
    — “QALQON INVEST STAR” MCHJ
    — “BARAKA 2000” MCHJ
    — “ZIYO AGRO KIMYO MINERAL” MCHJ
    — “ABDUSATTOR SIFAT OIL” MCHJ
    — “MADINA BARAKA XAMKOR” MCHJ
    — “ANDIJON NEFT BAZASI” MCHJ
    — “FAYZ BARAKA HAMKORI” MCHJ
    — “ECO PETROL MAX” MCHJ
    — “MUSTAQILLIK 2001” MCHJ
    — “ELIT TRANZIT OIL” MCHJ
    — “BOBURSHOX PLYUS OIL” MCHJ
    — “BRAVA OIL KO” MCHJ
    — “MOXINUR OIL” XK
    — “MAKS PETROL AGRO” MCHJlar tomonidan isteʼmolchilarga sifatsiz mahsulot sotganligi natijasida 128 mln soʻmga yaqin asossiz daromad olganlik holatlari aniqlangan.

    Hozirda aniqlangan holatlarga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan xizmat koʻrsatuvchi AYOQSHlarga nisbatan “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq ishlar qoʻzgʻatilib, asossiz olingan daromadni isteʼmolchilarga qaytarish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi

    Telegram kanalimiz
    Text to speech