Tanqidga olingan Nodavlat taʼlim tashkilotidagi mazkur holat yuzasidan viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi izoh berdi. 

Qayd etilishicha, mazkur holat Andijon viloyati Marhamat tumanidagi "MuhammadYusuf bolajonlari" Nodavlat taʼlim tashkilotida sodir boʻlib, ushbu holatga yoʻl qoʻygan taʼlim tashkiloti tarbiyachisi egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab boʻlib, taʼlim tizimi imijiga salbiy taʼsir oʻtkazuvchi holatni yuzaga keltirgani uchun maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariyatiga belgilangan tartibda intizomiy chora qoʻllanildi.