Raqobat qoʻmitasining Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlarda jami 3 ta don korxonalari tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali realizatsiya qilinishida manipulyatsiya harakatlarini (grafiklarni bajarmaslik va kunlik belgilangan hajmlarda mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyilmaslik holatlari) sodir etganlik holatlari aniqlandi.
— “QOʻRGʻONTEPA DON MAXSULOTLARI” AJ – 724,2 tn bugʻdoy uni va omixta yem mahsuloti;
— “ASAKA DON MAHSULOTLARI” AJ – 1394,0 tn bugʻdoy uni va omixta yem mahsuloti;
— “ANDIJONDONMAHSULOT” AJ – 509,2 tn bugʻdoy uni mahsuloti.
Yuqoridagilarga muvofiq, hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida don korxonalariga nisbatan qonun buzilish alomatlari bilan ish qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida koʻrsatmalar berildi.