Fuqaro L.A.ni boshqaruvida boʻlgan “Kobalt” rusumli avtomashinasida pul mablagʻlarini tashish bilan shugʻullanishini bilgan fuqaro Yu.D va boshqalar oʻzaro oldindan jinoiy til biriktiradi.
2024-yil 20-noyabr kuni yuzlariga niqob taqqan holda “Lasetti” va “Kobalt” rusumli avtomashinalarni davlat raqam belgilarini yechib, fuqaro L.A.ning ortidan kuzatib borishadi.
Andijon shahrining “Yoyilma« mahallasi A.Temur shoh koʻchasidan oʻtgan «Andijon-Asaka” yoʻnalishidagi transport qatnov yoʻlini “Andijon” yoʻnalishi boʻyicha yoʻl chetida toʻxtab turgan L.A.ni avtomashinasiga tosh otib, hujum qiladi. L.A. avtomashinasida hodisa joyidan qochib ketadi.
Mazkur holat boʻyicha Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Yu.D. protsessual tartibda ushlangan.
Jinoyat ishi boʻyicha ichki ishlar organi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan ushbu jinoyat ishi ustidan prokuror nazorati oʻrnatildi.