Transport vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, yo‘lovchilarni tashish maqsadida 2023-yilning 6, 13, 20, 27-aprel kunlari 60/59-sonli “Toshkent — Andijon — Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha 4 ta reys harakati yo‘lga qo‘yiladi. 

Poyezd amaldagi jadvali asosida harakatlanadi:

60-sonli “Toshkent — Andijon” yo‘nalishi

Toshkent 07:55 — Andijon 13:56

59-sonli “Andijon — Toshkent” yo‘nalishi

Andijon 15:55 — Toshkent 21:45