Tashkiliy masala xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi doirasida ko‘rib chiqildi.
Tadbirda viloyat hokimi Shukhratbek Abdurahmonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimlari, Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari, xalq deputatlari Kengashi a’zolari, shahar va tumanlar jamoatchilik faollari, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda joriy yilda mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga qaratilgan vazifalar ijrosi tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.
Hududdagi kriminogen vaziyat tahlili asosida yangi tayinlangan rahbar zimmasiga jinoyatchilikni jilovlash, mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash, aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash, fuqarolar roziligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.
Shuningdek, shahar va tuman ichki ishlar bo‘limlari rahbarlariga profilaktik va amaliy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.