Shu sabab, xalqaro ekspertlar hamjamiyati ushbu xavfli holatga qarshi kurashishda standartlashgan yondashuv hamda global hamkorlikni alohida ahamiyatga ega, deb hisoblaydi.

Aynan shu maqsadda tashkil etilgan “Angels Initiative” tashabbusi — insultni tezkor, sifatli va samarali davolashga qaratilgan xalqaro platforma hisoblanadi. Ushbu dastur 2016-yildan buyon dunyo boʻylab 7,5 milliondan ziyod bemorga yordam koʻrsatishga muvaffaq boʻlgan. Hozirgacha 6000 dan ziyod shifoxona ushbu tizim doirasida faoliyat boshlagan, 1400 dan ziyod insult markazlari tashkil etilgani esa dasturning amaliyotdagi samaradorligidan dalolat beradi.

Andijonda muhim qadam

2025-yil 1-avgust kuni Andijon shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali bazasida mazkur tashabbus doirasida ilk amaliy workshop (amaliy seminar) tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi bosh nevrologi, tibbiyot fanlari doktori, professor Yoqutxon Madjidova, shuningdek, Markaziy Osiyo boʻyicha “Angels Initiative” koordinatori Lev Pristupyuk ishtirok etdi.

Workshop doirasida quyidagi yoʻnalishlar qamrab olindi:

  • “Stroke mapping” asosida tezkor logistika va tashxis yoʻnalishlari;
  • NIHSS shkalasi boʻyicha diagnostika amaliyotlari;
  • Shoshilinch yordam va nevrologiya brigadalari uchun klinik simulyatsiyalar;
  • TIA va gipertoniya boʻyicha xalqaro protokollar tahlili;
  • TOAST klassifikatsiyasi, DWI va KT asosida insult vizualizatsiyasi usullari.

Ilmiy-amaliy hamkorlikning ahamiyati

Bunday tadbirlar hududlarda faoliyat yuritayotgan shifokorlarning bilim va koʻnikmasini xalqaro standartlar asosida oshirishga xizmat qiladi. Bu esa insultga chalingan bemorlarga oʻz vaqtida, aniq va yuqori sifatda tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyatini yaratadi.

Tibbiy tajriba, global standartlar va innovatsion yondashuvlar birlashgan ushbu kabi tadbirlar mamlakatimizda insultga qarshi kurashishda yangi bosqichni boshlab bermoqda.