Olimpiada va ayrim sport turlarida gʻolib chiqqan sportchilarni moddiy ragʻbatlantirish anʼanaga aylanib boʻldi. Futbol boʻyicha jahon chempionati ham bunday mustasno emas.

Shu kunlarda Qatarda oʻtayotgan jahon chempionatida Angliya milliy jamoasi gʻolib boʻlsa, har bir oʻyinchiga 400-450 ming funtdan mukofot puli toʻlanadi.

The Telegraph xabariga koʻra, Angliya milliy jamoasiga turnirning har bosqichi uchun pul mukofotlari belgilangan. Ular finalgacha yetib borib, bosh sovringa ega chiqishsa esa, yuqoridan keltirilgan mukofot puliga ega boʻladi.