Angola Oʻzbekistonga yangi elchi tayinladi

    Oʻzbekiston va Janubiy Afrikada joylashgan Angola oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar 2002-yil 31-mayda oʻrnatilgan.

    Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Angolaning yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Augushtu da Silva Kunyani qabul qildi.

    «Angolaning Oʻzbekistondagi Elchisi Augushtu da Silva Kunya janoblari bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlarini qabul qildik, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. – Akademik almashinuv, sogʻliqni saqlash, sport va boshqa koʻplab sohalarda hamkorlik oʻrnatish yuzasidan fikr almashdik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi janob Elchini Oʻzbekiston Angola oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarda sezilarli natijalarga erishish borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga tayyor».

    Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Janubiy Afrikada joylashgan Angola oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar 2002-yil 31-mayda oʻrnatilgan.