Angor tumani hokimligi “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan “Kaptiva 5” xarid qilgani rostmi?

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ushbu masala oʻrganilmoqda.

    Shu kunlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlayotgan ayrim masalalar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan oʻrganishlar olib borilmoqda.

    Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi Sherzod Saparov maʼlum qildi.

    Jumladan,

    - Surxondaryoning Angor tumani hokimi “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan 349 mln 900 ming soʻmga qimmatbaho “Kaptiva 5” avtomashinasi xarid qilgani;

    - investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan Ilzat Kasimov ayni paytda bir necha MCHJda hammuassis ekanligi;

    - “Agrobank” oʻtkazgan 1,3 milliard soʻmlik tenderda oʻzaro bogʻliqliklari bor korxonalar ishtirok etganiga oid holatlar oʻrganilmoqda.

    Oʻrganish yakunlari boʻyicha batafsil maʼlumot beriladi.