— Joriy yilning 10-dekabr kuni taxminan soat 20.10da Angren neftebazasi hududida 5000m/kub hajmdagi 20-sonli sigʻim (rezervuar) sifonining joʻmragi havo harorati pasayishi oqibatida muzlab yorilgan.

Natijada sigʻimdagi AI-80 benzin yoqilgʻi mahsuloti (11 500 litr) toʻkilgan. Sodir boʻlgan avariya holati zavod ishchi-xodimlari tomonidan shu kunning oʻzida, soat 20.45 da bartaraf qilingan. Hech kimga jiddiy zarar yetmagan.

Yoqilgʻi mahsulotlari toʻkilishi natijasida yomgʻir suvi chiqadigan lotok ariqlari orqali zavod hududidan 2022-yil soat 14.00 da tashqariga sizib chiqqan.