“Angren-Pop” temir yoʻl liniyalari oldiga togʻdan tosh uyumlari koʻchib tushgan — FVV

    Transport 15 Mart 2022 1237

    Bugun, soat 10:30larda “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasiga “Angren – Pop” elektrlashtirilgan temir yoʻlining 71-kilometri va A-373-avtomobil yoʻli “Toshkent – Vodiy” yoʻnalishining 232,2-kilometrida yoʻl chetiga tosh-tuproq massasi tushgani boʻyicha xabar kelib tushgan.

    FVVning “Qamchiq” MQYOQB qutqaruvchilari va tegishli tashkilot xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, vaziyatni oʻrgandi.

    Hozirda hududlarda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari olib borilmokda.

    Shuningdek, yogʻingarchilik mavsumini betalofat oʻtkazish maqsadida dovon yoʻlida qoʻshimcha yana 3 ta mexanizatsiyalashtirilgan post tashkil etildi, deya xabar beradi FVV axborot xizmati.