Angren shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi katta tergovchisi oʻz ish yurituvida boʻlgan tergovga qadar tekshiruv ishi doirasida fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatmaslik va tegishli tartibda chora koʻrmaslik evaziga 10 ming AQSH dollari talab qildi.

DXX, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda IIV shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u soʻralgan pul mablagʻidan 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan tergovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.