“Angren” EIZ hududida umumiy qiymati 17,636 million dollarlik “Yupqa mineral kukun va avtoklavlangan gazbeton bloklari ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish yuzasidan kelishuv imzolandi.

Ushbu investitsiya loyihasi toʻliq toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokida 2022-2025-yillarda amalga oshiriladi. Uning doirasida 2022-yilda 6 million dollar mablagʻ oʻzlashtirilishi hisobiga yupqa mineral kukun ishlab chiqarishning 1-bosqichi ishga tushiriladi.

Natijada 80 ta ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, loyihaning 2 va 3-bosqichlarida oʻzlashtirilgan investitsiya mablagʻlari hisobiga avtoklavlangan gazobeton bloklari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Yillar davomida foydalanilmayotgan “Angren IES” AJdan chiqayotgan yongan koʻmir kullari va qoldiqlari chuqur qayta ishlanib, sement va beton mahsulotlari uchun qoʻshimcha xomashyo tayyorlanadi.